TALABALAR UCHUN AMALIYOTGA BOY DARS — MEHMONXONADA O‘TKAZILDI
04.12.2025 10:45:07 115
Namangan davlat pedagogika institutining “Turizm va mehmondo‘stlik” yo‘nalishi talabalari navbatdagi amaliy mashg‘ulotni Namangan shahridagi “Namangan S” mehmonxonasida o‘tab qaytishdi.
Mashg‘ulot davomida mehmonxona menejeri talabalarni mehmonxona faoliyati bilan batafsil tanishtirdi. Jumladan:
• turistlarni ro‘yxatdan o‘tkazish jarayoni;
• xonalarni bron qilish tartibi va narxlari;
• ovqatlanish shahobchasidagi xizmatlar;
• dam olish uchun yaratilgan qulayliklar;
• turistlar uchun taklif etiladigan marshrutlar haqida amaliy ma’lumotlar yetkazildi.
Mashg‘ulot yakunida mehmonxona rahbariyati talabalar uchun amaliyot o‘tash imkoniyati borligini bildirdi.
Tadbirda Aniq va tabiiy fanlar fakulteti Tabiiy fanlar kafedrasi professor-o‘qituvchilari D. Boydedayev va B. Kamolovlar ishtirok etdilar.