HUQUQIY MADANIYAT — SOG'LOM JAMIYAT POYDEVORI
04.09.2025 21:06:46 112
Namangan davlat pedagogika institutida “Ijtimoiy muhit barqarorligi va talaba yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik hamda jinoyatchilikni oldini olish borasidagi muhim vazifalar” mavzusida profilaktik uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvni institutning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori A.Isoqboyev ochib berib, talaba-yoshlar o‘rtasida huquqiy ong va madaniyatni yuksaltirish, sog‘lom ijtimoiy muhitni shakllantirish borasida olib borilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi.
Tadbirda huquq-tartibot organlari vakillari, institut rahbariyati, mas’ul mutasaddilar hamda talabalar ishtirok etdi. Uchrashuv davomida yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlikning oldini olish, jinoyatchilikka qarshi kurashish, shuningdek, huquqiy tarbiyani mustahkamlashga qaratilgan muhim chora-tadbirlar muhokama qilindi.
Mutaxassislar tomonidan talabalar uchun yuridik bilimlarni oshirish, huquqiy madaniyatni yuksaltirish hamda sog‘lom turmush tarziga amal qilishning ahamiyati haqida batafsil ma’lumot berildi.