To’garak faoliyati. “Eko-uslubdagi yozgi ayollar kiyimlarini yaratish”
09.06.2026 23:06:15 30
Intellektual fanlar va axborot texnologiyalari kafedrasining katta o‘qituvchisi G.A. Xusayinova tomonidan Texnologik ta’lim yo‘nalishi 2-kurs talabalari ishtirokida “Yosh hunarmandlar” to‘garagi faoliyati muntazam ravishda tashkil etilib kelinmoqda. To‘garakning asosiy maqsadi talabalarning amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish, milliy hunarmandchilik an’analarini o‘rganish va ularga bo‘lgan qiziqishni oshirish, shuningdek, bo‘lajak pedagoglarning kasbiy mahoratini shakllantirishdan iborat.
To‘garak mashg‘ulotlari davomida talabalar Eko-uslubdagi yozgi ayollar kiyimlarini yaratish ,xalq amaliy san’atining turli yo‘nalishlari, jumladan kashtachilik, quroqchilik, dekorativ bezak buyumlari tayyorlash, yog‘och va matoga ishlov berish texnologiyalari bilan yaqindan tanishtirildi. Mashg‘ulotlarda nazariy bilimlar amaliy ishlar bilan uyg‘unlashtirilib, har bir talabaning ijodiy qobiliyatini namoyon etishiga imkon yaratildi.
“Yosh hunarmandlar” to‘garagida milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash va ularni yoshlar ongiga singdirishga alohida e’tibor qaratildi. Talabalar o‘zbek xalqining boy hunarmandchilik merosi, an’anaviy naqshlar va bezak elementlarining mazmun-mohiyati haqida ma’lumotlarga ega bo‘ldilar. Ular tomonidan tayyorlangan ijodiy ishlar ko‘rgazmalarda namoyish etilib, keng jamoatchilik e’tiboriga havola qilindi.
To‘garak faoliyati davomida talabalar turli amaliy loyihalar ustida ishladilar. Xususan, milliy uslubdagi suvenirlar, bezak buyumlari, kashtachilik namunalari hamda zamonaviy dizayn elementlari bilan boyitilgan ijodiy ishlanmalar yaratildi. Bu jarayon talabalarning mustaqil fikrlash, ijodkorlik, jamoada ishlash va muammolarni hal etish ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qildi.
Mashg‘ulotlar jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalar va innovatsion yondashuvlardan foydalanildi. Talabalar nafaqat hunarmandchilik sir-asrorlarini o‘rgandilar, balki kelajakdagi pedagogik faoliyatlarida amaliy mashg‘ulotlarni samarali tashkil etish bo‘yicha tajriba ham to‘pladilar. To‘garak a’zolari tomonidan tayyorlangan mahsulotlar sifat jihatidan yuqori baholanib, ularning kasbiy tayyorgarligini mustahkamlashga xizmat qildi.