English English English

"KITOB ULASHAMIZ!" AKSIYASI DAVOM ETMOQDA

  11.06.2026 09:48:15    25


Namangan davlat pedagogika institutida kitobxonlik madaniyatini keng targ‘ib etish, talabalar orasida mutolaa muhitini yanada mustahkamlash hamda Axborot-resurs markazi fondini boyitishga qaratilgan “Kitob ulashamiz!” aksiyasi izchil davom etmoqda.


"KITOB ULASHAMIZ!" AKSIYASI DAVOM ETMOQDA


Mazkur aksiya doirasida Ijtimoiy fanlar fakulteti Filologiya kafedrasi katta o‘qituvchisi N.Ibragimova boshchiligida K-RUA-AR-24 guruhi talabalari tomonidan Axborot-resurs markaziga badiiy hamda ilmiy adabiyotlar tuhfa qilindi.

Taqdim etilgan kitoblar talabalarning ilmiy izlanishlari, mustaqil ta’lim jarayonlari hamda badiiy-estetik tafakkurini rivojlantirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir. Ayniqsa, yoshlar o‘rtasida kitob ulashish, o‘qilgan asarni boshqalar bilan baham ko‘rish va mutolaa madaniyatini ommalashtirish kabi ezgu tashabbuslar institut ma’naviy-ma’rifiy hayotida muhim o‘rin tutadi.

Adabiyotlar Axborot-resurs markazi rahbari O.Nasriddinov tomonidan qabul qilib olindi hamda ushbu xayrli tashabbus uchun talabalarga minnatdorlik bildirildi.
Bu kabi aksiyalar bilimga intiluvchan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, kitobga mehr uyg‘otish va institutda faol kitobxonlik muhitini shakllantirishga xizmat qiladi.