Intellektual bellashuvlar manzili: Nammangan davlat pedagogika institutida “Zakovat” turniri
19.06.2026 09:45:15 31
Namangan davlat pedagogika instituti hamda O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi Namangan viloyati bo‘limi hamkorligida 27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi.
Turnirni dastavval O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi Namangan viloyati bo‘limi raisi G. Buvamirzayeva, Namangan davlat pedagogika instituti Yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat boʻlimi boshligʻi M. Nabijonov ochib berdi. Namangan viloyat "Zakovat" klubi koordinatori Sh. Shokirov turnirni olib bordi. Qizg‘in va murosasiz bahslarga boy kechgan musobaqada viloyatdagi ommaviy axborot vositalari vakillaridan iborat oltita jamoa ishtirok etdi. Ular o‘z bilim va salohiyatlarini sinovdan o‘tkazib, mantiqiy savollarga javob topishda o‘zaro bellashdilar.
Namangan davlat pedagogika instituti hamda O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi Namangan viloyat bo‘limi hamkorlikda 27- iyun Matbuot va axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan "Zakovat" intellektual o‘yini tashkil etildi.
Bilimdonlar bahsida televideniye, radio, matbuot, axborot xizmatlari, internet saytlari nashrlari, nashriyotlar vakillari, mehnat faxriylari va blogerlardan iborat jamoalar ishtirok etishdi.
Qizg‘in, murosasiz bahslarda quyidagi jamoalar faxrli oʻrinlarni qoʻlga kiritdilar:
1- oʻrin - Mashrab nashriyotining "Mashrab belanchagi" jamoasi
2- o‘rin - matbuot, axborot xizmatlari va blogerlardan iborat "O‘zbekchilik" jamoasi
3- o‘rin - viloyat hokimligining nashri "Namangan haqiqati" gazetasi tahririyatining "Haqiqat"jamoasi
Taqdirlash marosimida Namangan davlat pedagogika instituti rektori B. Xusanov ishtirok etib, turnir haqida oʻz fikrlarini bildirib oʻtdilar hamda kelgusi hamkorlik ishlariga muvaffaqiyat tiladi. Soʻngra gʻoliblar institut diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.